O‘zbekistonga davolanish uchun qancha xorijlik kelgani aytildi
Jamiyat
−
11 yanvar 4398 1 daqiqa
2025 yilning yanvar-noyabr oylarida jami 80 653 nafar chet el fuqarolari davolanish maqsadida O‘zbekistonga kelgan. Bu haqda Milliy statistika qo‘mitasi xabar berdi.
Mazkur davrda O‘zbekistonga davolanish maqsadida kelgan xorij fuqarolari mamlakatlar bo‘yicha quyidagicha:
Tojikiston — 55 851 nafar;
Qirg‘iz Respublikasi — 14 296 nafar;
Qozog‘iston — 7 633 nafar;
Rossiya — 1 820 nafar;
Afg‘oniston — 678 nafar;
Turkmaniston — 219 nafar;
Turkiya — 47 nafar;
AQSH — 15 nafar;
Xitoy — 15 nafar;
Ozarbayjon — 10 nafar;
Boshqa davlatlar — 69 nafar.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq 2025 yilning yanvar-noyabr oylarida jami 27,8 ming nafar O‘zbekiston fuqarolari o‘qish maqsadida chet elga safar qilgani haqida xabar berilgandi.
Live
Barchasi