Bugun O‘zbekiston JCHdagi 2-uchrashuvini o‘tkazadi

Sport

image

Bugun, 8 noyabr kuni Islom Ismoilov boshchiligidagi O‘zbekiston U-17 terma jamoasi Qatarda bo‘lib o‘tayotgan Jahon chempionatining 2-tur doirasida maydonga tushadi. O‘zbekiston o‘smirlar terma jamoasi bu turda Irlandiyaga qarshi bahs olib boradi. Uchrashuv Toshkent vaqti bilan soat 20:45 da boshlanadi.

O‘zbekiston U-17 terma jamoasi dastlabki uchrashuvda Paragvay o‘smirlariga qarshi bahs olib borib, Azizbek Abdumo‘minov 2 ta goli evaziga 2:1 hisobida g‘alaba qozongan edi.  Irlandiyaliklar esa 1-turda Panamani yirik 4:1 hisobda mag‘lubiyatga uchratgan. Shu tariqa “J” guruhidagi ikki peshqadam 2-turda o‘zaro bahs olib boradi.

Ma’lumot uchun, U-17 Jahon chempionatining 12 ta guruhidan 1 va 2-o‘rinni egallagan jamoalar to‘g‘ridan to‘g‘ri keyingi bosqichga yo‘l oladi. Shuningdek, eng yaxshi natija qayd etgan 8 ta jamoa ham 1/16 final bosqichiga yo‘llanmani qo‘lga kiritadi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq FIFA rasmiy sahifasida O‘zbekiston U-17 terma jamoasi Jahon chempionati “J” guruhi 2-turi doirasida Irlandiyaga qarshi bahs oldidan bosh murabbiy Islombek Ismoilov hamda futbolchi Azizbek Abdumo‘minov haqida maqola e’lon qilgan edi.


Maqola muallifi

Teglar

Irlandiya O'zbekiston U-17 U-17 Jahon chempionati

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing