O‘zbekistonning Xorvatiyaga qarshi asosiy tarkibi e’lon qilindi

Sport

image

Bugun, 15 noyabr kuni O‘zbekiston U-17 terma jamoasi Jahon chempionatining 1/16 bosqichida xorvatiyalik tengqurlariga qarshi bahs olib boradi. O‘zbekiston U-17 terma jamoasining mazkur o‘yin uchun asosiy tarkibi e’lon qilindi.

Ma’lumot uchun, uchrashuv Toshkent vaqti bilan soat 20:45 da start oladi. 

O‘zbekiston U-17 terma jamoasi musobaqaning “J” guruhida ishtirok etib, dastlab  Paragvayga qarshi o‘yinda 2:1 hisobida g‘alaba qozongan. Ikkinchi turda Irlandiyaga 1:2 hisobida imkoniyatni boy berib, hal qiluvchi 3-turda esa Panama ustidan yirik 6:1 hisobida zafar quchib, pley-off yo‘llanmasiga ega chiqqan edi.

Xorvatiya o‘smirlari esa “C” guruhida muvaffaqiyatli harakat qilib, ikki g‘alaba va bir durang bilan guruhni ikkinchi o‘rinda yakunlagan. Ular birinchi turda Senegal bilan 0:0 hisobida durang qayd etib, keyin BAAni 3:0 hisobida mag‘lub etdi hamda so‘nggi turda Kosta-Rika ustidan 3:1 hisobida g‘alaba qozongan edi.

O‘zbekiston U-17 – Xorvatiya U-17 juftligidagi bahs g‘olibi 1/8 finalda Italiya – Chexiya o‘rtasidagi uchrashuv g‘olibi bilan kuch sinashadi


Maqola muallifi

Teglar

Jahon chempionati O'zbekiston U-17 Xorvatiya U-17

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing