Islombek Ismoilov “Neftchi” bosh murabbiyi bo‘ldi

Sport

image

Futbol bo‘yicha O‘zbekiston U-17 terma jamoasining sobiq bosh murabbiyi Islombek Ismoilov Farg‘onaning “Neftchi” jamoasining bosh murabbiyi etib tayinlandi. Bu haqda Farg‘ona viloyati hokimligi matbuot xizmati xabar berdi.

Islombek Ismoilov O‘zbekiston U-17 terma jamoasi bilan Qatarda bo‘lib o‘tgan 17 yoshgacha bo‘lgan futbolchilar o‘rtasidagi Jahon chempionatidagi ishtirokidan so‘ng jamoa bilan xayrlashganini ma’lum qilgan edi. 

Endilikda Ismoilov Farg‘ona jamoasi bilan 2026 yilda O‘zbekiston Superligasida amaldagi chempion sifatida ishtirok etadi. Bundan tashqari, murabbiy “Neftchi” jamoasi bilan 2026-2027 yilgi OFK Elit Osiyo chempionlar ligasida ham qatnashadi.

Ma’lumot uchun, Islombek Ismoilov bundan oldin Farg‘onaning “Turon” jamoasini ham boshqargan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Farg‘ona jamoasi Superliganing eng yaxshi murabbiyi Vitaliy Levchenkoni iste’foga chiqarganini e’lon qilgan edi. 


Maqola muallifi

Teglar

O'zbekiston U-17 Islombek Ismoilov “Neftchi”

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing