Bugun O‘zbekiston JCHdagi navbatdagi uchrashuvini o‘tkazadi
Sport
−
11 noyabr 7985 1 daqiqa
Bugun, 11 noyabr kuni Islom Ismoilov boshchiligidagi O‘zbekiston U-17 terma jamoasi Qatarda bo‘lib o‘tayotgan Jahon chempionatining 3-tur doirasida maydonga tushadi. O‘zbekiston o‘smirlar terma jamoasi bu turda Panamaga qarshi bahs olib boradi. Uchrashuv Toshkent vaqti bilan soat 18:30 da boshlanadi.
O‘zbekiston U-17 terma jamoasi dastlabki uchrashuvda Paragvay o‘smirlariga qarshi bahs olib borib, Azizbek Abdumo‘minovning 2 ta goli evaziga 2:1 hisobida g‘alaba qozongan. 2-turda esa irlandiyalik tengqurlariga qarshi bahsda 1:2 hisobida imkoniyatni boy bergan edi.
Ma’lumot uchun, 3-tur oldidan “J” guruhida Irlandiya terma jamoasi 6 ochko bilan yetakchilik qilmoqda. O‘zbekiston va Paragvay jamoalarida 3 ochkodan bor. Panama esa turnirda hali ochko ololgani yo‘q. Guruhlarida 1 va 2-o‘rinni egallagan jamoalar to‘g‘ridan to‘g‘ri keyingi bosqichga yo‘l oladi. Shuningdek, eng yaxshi natija qayd etgan 8 ta jamoa ham 1/16 final bosqichiga yo‘llanmani qo‘lga kiritadi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq FIFA rasmiy sahifasida O‘zbekiston U-17 terma jamoasi bosh murabbiy Islombek Ismoilov hamda futbolchi Azizbek Abdumo‘minov haqida maqola e’lon qilgan edi.
Live
Barchasi