Buxoroda ham IIO xodimi oilasi bilan is gazidan vafot etdi
3-sahifa
−
24 noyabr 8781 1 daqiqa
Ijtimoiy tarmoqlarda Buxoro shahar Hamza ko‘chasidagi ko‘p qavatli uyda yashagan ichki ishlar organi xodimi, uning ayoli va ikki farzandi is gazidan zaharlanib vafot etgani haqida xabarlar tarqaldi. QALAMPIR.UZ holatga aniqlik kiritish maqsadida Bosh prokuratura matbuot kotibi Hayot Shamsutdinov bilan bog‘landi.
Uning bildirishicha, kecha, 23 noyabr kuni Buxoro shahar Hamza ko‘chasi 15-uydagi xondaonlarning birida yashagan oila – 1982 yilda tug‘ilgan erkak, uning 1985 yilda tug‘ilgan turmush o‘rtog‘i va 2 nafar voyaga yetmagan farzandi (qizlar) vafot etgan.
Sudga oid tibbiy ekspert mutaxassislarining dastlabki ma’lumotiga ko‘ra, marhumlar noma’lum etiologiyadan zaharlanishi oqibatida o‘tkir nafas va yurak-qon tomir faoliyatining yetishmovchiligidan vafot etgan.
Hozirda mazkur holat yuzasidan Buxoro shahar prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv olib borilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Andijon viloyatida ichki ishlar organlarida xizmat qilib kelgan xodim va uning 1 nafar qizi o‘z xizmat uyida is gazidan zaharlanib vafot etgandi. Bir nafar qizi esa omon qolgan va davolanishi uchun shifoxonaga joylashtirilgan.
Live
Barchasi