Buxoroda tok bilan baliq tutganlarga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi (video)
3-sahifa
−
26 iyun 6894 1 daqiqa
Buxoro viloyati Peshko‘ tumanida elektr qarmoq bilan baliq tutib, tabiatga 3,5 mlrd so‘m zarar yetkazganlar ushlandi. Bu haqda viloyat Ekologiya boshqarmasi xabar berdi.
Qayd etilishicha, Buxoro viloyati Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi boshqarmasi tezkor guruh xodimlari tomonidan Qoraqir tabiiy suv havzasining 1-konturida nazorat reyd tadbiri o‘tkazilgan. Tadbirlar davomida Peshko‘ tumanida yashovchi 2 nafar fuqaro elektr qarmoq yordamida 168 dona zog‘ora, 10 dona laqqa hamda 1 dona karas balig‘ini ovlagani aniqlangan.
Bildirilishicha, mazkur huquqbuzarlik oqibatida tabiatga jami 3 mlrd 532 mln 500 ming so‘m miqdorida moddiy zarar yetkazilgan. Hozirgi kunda ushbu holat yuzasidan prokuratura organlari tomonidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov-surishtiruv harakatlari olib borilmoqda. Holat yuzasidan qo‘shimcha ma’lumot taqdim etiladi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toshkent viloyati O‘rta Chirchiq tumanida noqonuniy tarzda baliq ovlab, tabiatga 41 million so‘m miqdorida zarar yetkazganlar qo‘lga tushgandi.
Live
Barchasi