Buxorodagi xususiy bog‘chada bola tok urishidan vafot etdi
3-sahifa
−
20 iyun 5589 1 daqiqa
Joriy yilning 28 mart kuni Buxoro viloyati Buxoro tumanida joylashgan yakka tartibdagi tadbirkor X.O‘. ga qarashli bo‘lgan maktabgacha ta’lim tashkilotida 2023 yilda tug‘ilgan Sh.Sh. tarbiyachining e’tiborsizligi tufayli elektr toki urishidan vafot etgan. Bu haqda viloyat prokuraturasi xabar berdi.
Qayd etilishicha, mazkur holat yuzasidan joriy yilning 2 aprel kuni tuman prokuraturasi tomonidan Jinoyat kodeksining 116-moddasi (Kasb yuzasidan o‘z vazifalarini lozim darajada bajarmaslik) 3-qismi jinoyat ishi bilan qo‘zg‘atilgan.
Ish yuzasidan o‘tkazilgan dastlabki tergovda mazkur nodavlat maktabgacha ta’lim tashkiloti tarbiyachisi M.D. ning vazifasiga yoshi va individual xususiyatlarini inobatga olgan holda bolalarning hayoti va salomatligini muhofaza qilish, texnika va yong‘in xavfsizligi qoidalariga rioya qilish kabi kasbiy majburiyatlar kirishi belgilangan bo‘lsada, o‘z kasbiga nisbatan beparvo hamda o‘z vazifalarini lozim darajada bajarmagani va o‘ziga biriktirilgan guruhda tarbiyalanuvchilarni qarovsiz qoldirgani aniqlangan hamda natijasiga ko‘ra mazkur jinoyat ishi joriy yilning 18 iyun kuni mazmunan ko‘rish uchun sud muhokamasiga yuborilgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Namangan viloyatining Namangan tumanida joylashgan xususiy bog‘chalardan birida tarbiyachi bolalarni bo‘ralatib so‘kkandi. Muassasa tarbiyachisi bilan profilaktik suhbatlar o‘tkazilgan. Kelgusida bunday vaziyatlarning takrorlanmasligi yuzasidan qat’iy ogohlantirilgan va zarur tushuntirish ishlari olib borilgan.
Live
Barchasi