Chexiya hukumati iste’foga chiqdi
Olam
−
06 noyabr 2025 2736 1 daqiqa
Bugun, 6 noyabr kuni Chexiya Bosh vaziri Petr Fiala boshchiligidagi hukumat o‘z yig‘ilishida iste’foga chiqish to‘g‘risida qaror qabul qildi. Bu haqda hukumat rahbariga tayanib, ČTK xabar berdi.
Petr Fialaning so‘zlariga ko‘ra, u bugun, 6 noyabr kuni iste’fo haqidagi arizasini mamlakat prezidenti Petr Pavelga topshiradi. Chexiya konstitutsiyasiga ko‘ra, hukumat mamlakat parlamentining quyi palatasi – Deputatlar palatasining yangi tarkibi shakllangach iste’foga chiqadi. Ushbu palata saylovlari joriy yilning 3-4 oktyabr kunlari bo‘lib o‘tgan.
Kutilishicha, Prezident amaldagi hukumatga yangi kabinet tuzilmaguncha o‘z vazifalarini bajarishda davom etishni topshiradi. Yangi hukumat kechiktirmay, keyingi oy o‘rtalarigacha ish boshlashi kerak. Joriy yilning 3 noyabr kuni ANO, SPD va Motorist partiyalari oktyabr boshidagi parlament saylovlarida ko‘pchilik ovozga ega bo‘lib, hukumat koalitsiyasini tuzgan.
Live
BarchasiErdo‘g‘an Saudiyaga bordi
03 fevral
Qashqadaryoda YPX mashinasi yonib ketdi
03 fevral