Chinozda yuk poyezdining vagonlari relsdan chiqib ketdi
Jamiyat
−
28 Sentabr 7538 1 daqiqa
Toshkent viloyatining Chinoz tumanida poyezd vagonlari relsdan chiqib ketdi. Bu haqda “O‘zbekiston temiryo‘llari” AJ xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, soat 21:30 da Chinoz tumanining “Rasulobod” MFY Olmazor stansiyasi hududida “Jizzax–Toshkent” yo‘nalishida harakatlanib ketayotgan yuk poyezdining sut yog‘lari ortilgan 2 ta vagoni relsdan chiqib ketgan.
Qayd etilishicha, hodisa oqibatida jabrlanuvchilar yo‘q.
Voqea joyiga tuman FVB rahbariyati, TBX navbatchi smenasi va tegishli xizmatlar jalb etilgan.
Holat bo‘yicha surishtiruv ishlari olib borilmoqda. Poyezd harakati to‘liq tiklangan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Samarqand viloyatida “Afrosiyob” tezyurar poyezdining yo‘liga temir beton qo‘yib ketilishi oqibatida u katta tezlikda beton bo‘lagiga borib urilgandi.
Live
Barchasi