Dam olish kunlari ayrim joylarda yomg‘ir yog‘adi

Bu qiziq

image

O‘zgidromet 9-10 may – dam olish kunlari qanday ob-havo kuzatilishini e’lon qildi.

Unga ko‘ra, ertaga, 9 may kuni mamlakat hududining katta qismida yog‘ingarchiliksiz ob-havo saqlanib turadi. Faqat Buxoro, Navoiy, Samarqand, Jizzax viloyatlarida ayrim joylarda kunning ikkinchi yarmida qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Kunduzgi harorat barcha joylarda 28-33 darajagacha pasayadi.

10 mayda O‘zbekiston hududining katta qismida yomg‘ir yog‘adi, ba’zi joylarda momaqaldiroq bilan kuzatiladi. Ayrim joylarda kuchli yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Nisbatan salqin ob-havo bo‘lishi kutilmoqda, kunduzi havo harorati 20-25 darajadan yuqori bo‘lmaydi.

11 mayda Toshkent viloyati, Farg‘ona vodiysi viloyatlarida, kechasi va ertalab Samarqand, Jizzax, Sirdaryo viloyatlarida ba’zi joylarida qisqa muddatli yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Qolgan hududlarda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Havo harorati 2-3 darajaga ko‘tariladi.

9 mayda shamolda va cho‘l hududlarda, 10-11 mayda respublika bo‘yicha ba’zi joylarda shamol tezligi 15-20 m/s gacha, 9-10 mayda ayrim joylarda ba’zida 23-25 m/s gacha kuchayishi mumkin. Chang-to‘zonlar kuzatilishi mumkin.

Respublikaning tog‘ oldi va tog‘li hududlarida vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘adi, 10-11 mayda ba’zi joylarda kuchli bo‘ladi, momaqaldiroq kuzatiladi. Sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi mumkin.   Toshkentda 8-9 may kunlari yog‘ingarchilik kutilmaydi. Harorat 8 mayda 34-36 daraja, 9 mayda 30-32 daraja bo‘ladi. 10 mayda vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Harorat kunduzi 20-22 daraja bo‘ladi. 11 mayda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Harorat 23-25 daraja bo‘ladi. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 3-8 m/s tezlikda esadi, 10-12 m/s gacha kuchayishi, 9 mayda shaharning ayrim joylarida chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi mumkin.


Maqola muallifi

Teglar

ob-havo yomg'ir

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing