Dashtda 5 kun qor yeb omon qolgan cho‘pon qutqarib qolindi (video)

Olam

image

Kecha, 22 mart kuni Qozog‘istonning Abay viloyatida 5 kun qor yeb omon qolgan cho‘pon qutqarib qolindi. Bu haqda “Nur” xabar berdi.

Qayd etilishicha, 1969 yilda tug‘ilgan erkak 17 mart kuni Abay tumanida joylashgan fermer xo‘jaligidan ot minib, chorva qidirish uchun chiqib ketgach, qaytib kelmagani haqida qutqaruv xizmatlariga xabar kelib tushgan.

Aniqlanishicha, cho‘ponning oti yiqilib tushgan. Uni oyoqqa turg‘azishga urinayotganda erkak ot ostida qolib, oyog‘i sinib ketgan. Shundan so‘ng ot ketib qolib, uni cho‘lda yolg‘iz qoldirgan.

Cho‘pon 5 kun davomida qor yeyish orqali omon qolgan. Qutqaruvchilarning aytishicha, nisbatan iliq ob-havo sovuq urishining oldini olishga yordam bergan.

Qidiruv ishlariga FVV kuchlari, politsiya xodimlari hamda yo‘qolgan cho‘ponning qarindoshlari jalb etilgan.

Kecha, 22 mart kuni ertalab qidiruv guruhi erkakni cho‘l hududidan topgan.

Cho‘ponga issiq choy berilib, shikastlangan oyog‘i mahkamlangan va unga tibbiy yordam ko‘rsatish uchun olib ketilgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Qoraqalpog‘iston Respublikasi Nukus shahrida Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi (FVB) g‘avvoslari kanalda cho‘kayotgan odamni qutqarib qolgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Qozog'iston cho'pon Abay viloyati qutqarib qolindi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing