Dehlida havo ifloslanishi ortidan o‘tkir respirator kasalliklar keskin oshdi

Olam

image

2022-2024 yillar oralig‘ida Hindistonning Dehli shahridagi oltita davlat shifoxonasida 200 mingdan ortiq o‘tkir nafas yo‘llari kasalliklari qayd etilgan. Bu haqda mamlakat federal hukumatiga tayanib, BBC xabar berdi.

Hukumatning parlamentga ma’lum qilishicha, shu uch yil ichida 30 mingdan ortiq nafas yo‘llari kasalliklariga chalingan bemorlar shifoxonalarga yotishga majbur bo‘lgan. Zaharli havo Dehli va uning atrofida, ayniqsa, qish mavsumida takrorlanib turadigan muammo hisoblanadi.

So‘nggi haftalarda Dehlida havosida PM2.5 zaharli zarrachalari Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti tavsiya etgan me’yordan 20 baravar yuqori bo‘lib kelmoqda. Muammoning yagona sababi yo‘q: sanoat chiqindilari, avtomobil gazlari, haroratning pasayishi, shamol tezligining pastligi va qo‘shni shtatlarda hosil qoldiqlarining mavsumiy yoqilishi birgalikda ta’sir ko‘rsatadi. Dehlidagi olti yirik shifoxona 2022 yilda 67 054 ta, 2023 yilda 69 293 ta va 2024 yilda 68 411 ta o‘tkir nafas yo‘llari kasalliklari holatlarini qayd etgan.

“Tahlil havo ifloslanishining oshishi shoshilinch bo‘limlarga murojaat qilayotgan bemorlar sonining ortishi bilan bog‘liqligini ko‘rsatmoqda. Biroq bu tadqiqot ushbu bog‘liqlikning aniq sabab ekanini tasdiqlay olmaydi”, deyiladi xabarda.

So‘nggi yillarda Hindiston Oliy sudi ham Dehli va unga yaqin hududlardagi havo sifati bo‘yicha jiddiy xavotir bildirgan.


Maqola muallifi

Teglar

Hindiston Dehli PM2.5

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing