Erkak turmush qurishni talab qilgan sevgilisini yoqib yubordi

Olam

image

Hindistonda taksi haydovchisi o‘ziga uylanish taklifini talab qilib bosim o‘tkazgan sevgilisini yoqib yubordi. Bu haqda “The Times of India” xabar berdi.

Nashrning yozishicha, politsiya Maxarashtra shtatidagi 33 yoshli erkakni 26 yoshli sevgilisini o‘ldirgani uchun hibsga olgan. Joriy yilning 26 noyabr kuni ayol uyga qaytmagach, qarindoshi politsiyaga murojaat qilgan.

Aniqlanishicha, o‘sha kuni ayol o‘g‘lini maktabga olib borib, so‘ng taksi haydovchisi bo‘lgan sevgilisi bilan uchrashgan. Erkak uni o‘z tug‘ilib o‘sgan qishlog‘iga olib borishni va’da qilgan, ammo buning o‘rniga shahardan tashqariga olib chiqib, bo‘g‘gan va temir truba bilan kaltaklagan. Keyin mashinasidan benzin olib, ayolni yoqib yuborgan. 27 noyabr kuni politsiya ayolning qisman kuygan jasadini topgan.

Dastlab gumonlanuvchi jinoyatga aloqasi yo‘qligini aytgan, biroq uzoq davom etgan so‘roqdan so‘ng, u bir necha yildan beri jabrlanuvchi bilan munosabatda bo‘lganini va ayol undan uylanishni talab qilganini tan olgan. Erkak oldinroq boshqa ayolga uylangani uchun munosabatni tugatishga qaror qilgan va undan butunlay qutulish uchun o‘ldirganini aytgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Xitoyda 17 yoshli qiz o‘zining 19 yoshli sevgilisini Myanmadagi firibgarlarga 14 ming dollarga qul sifatida sotib yuborgani haqida xabar berilgan edi.


Maqola muallifi

Teglar

Hindiston Maxarashtra

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing