Dog‘iston Ukraina dronlari hujumiga uchradi (video)

Olam

image

Dog‘iston Respublikasidagi korxonalardan biri Ukraina dronlari tomonidan hujumga uchradi. Bu haqda mintaqa rahbari Sergey Melikov ma’lum qildi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, hozircha jabrlanganlar yoki halok bo‘lganlar haqida ma’lumot yo‘q, korxonaga yetkazilgan zarar darajasi aniqlashtirilmoqda.

“Voqea joyida tegishli xizmatlar ishlamoqda, barcha davlat organlari operativ shtab rejimida faoliyat yuritmoqda. Fuqarolar va ob’ektlar xavfsizligini ta’minlash uchun zarur choralar ko‘rilmoqda”, degan Melikov.

Mintaqa rahbari aholidan ochiq ko‘chalar va maydonlarda to‘planmaslikni so‘ragan.
Hujum munosabati bilan Maxachqal’a aeroportida vaqtincha reyslarni qabul qilish va jo‘natish cheklab qo‘yilgan. 

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Rossiya qo‘shinlari Ukrainada joylashgan AQSH ob’ektiga ham zarba bergandi. Ukraina TIV rahbari bunda harbiy mantiq yo‘qligini bildirib, Rossiyaning bu harakatini mamlakatdagi normal hayotga qarshi “terror” deb atagan.


Maqola muallifi

Teglar

Ukraina Dog'iston dron

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing