Dollar kursi 12 ming so‘mdan tushdi
Jamiyat
−
15 yanvar 6197 1 daqiqa
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki xorijiy valyutalarning o‘zbek so‘miga nisbatan 16 yanvar kuni amalda bo‘ladigan qiymatini belgiladi.
Unga ko‘ra, dollarning rasmiy kursi 32,05 so‘mga tushdi va 11 969,66 so‘mni tashkil qildi.
Yevro kursi 56,49 so‘mga pasaydi va 13 927,90 so‘m etib belgilandi.
Rossiya rubli 0,31 so‘mga tushdi va 152,56 so‘mni tashkil etdi.
Xitoy yuani 3,37 so‘mga pasaydi va 1718 so‘m etib belgilandi.
Oltinning 1 grammi uchun narx esa 14 ming 400 so‘mga tushdi va 1 mln 837 ming 900 so‘mni tashkil qildi.
“TradingView” ma’lumotiga ko‘ra, bugun, 15 yanvar Toshkent vaqti bilan 16:00 holatida bitkoin kursi 17 mln 832 ming 144 so‘mga oshgan va 1 mlrd 158 mln 599 ming 200 so‘m etib belgilangan.
Live
Barchasi