“Dushmanona qadam”. Rossiya Britaniya sanksiyalar paketini qoraladi
Olam
−
06 may 3208 2 daqiqa
Rossiyaning Britaniyadagi elchixonasi London tomonidan joriy etilgan navbatdagi sanksiyalar paketini tanqid qildi va uni dushmanona harakat sifatida baholadi. Diplomatik vakolatxona bu haqda TASSga ma’lum qilgan.
“Bugun London mamlakatimizga qarshi yana bir noqonuniy sanksiyalar to‘plamini e’lon qildi. Avvalgilari kabi, bu dushmanona qadam ham umumiy vaziyatga, ayniqsa maxsus harbiy operatsiyaga ta’sir ko‘rsatmaydi”, deyiladi bayonotda.
Elchixona Britaniya Tashqi ishlar vazirligi bayonotida tilga olingan Rossiya tomoni go‘yoki boshqa davlatlardan “to‘p uchun xo‘rak” jalb qilayotgani haqidagi iddaolarga ham e’tibor qaratgan. Rossiya diplomatlari buni rad etib, aksincha, aynan London Ukraina mojarosini kuchaytirib, Kiyevni moliyaviy va harbiy jihatdan qo‘llab-quvvatlayotganini ta’kidlagan.
“Bu yordam uchun esa Ukraina aholisi, ayniqsa eng himoyasiz qatlamlar o‘z joni bilan to‘lamoqda”, deyiladi bayonotda.
Rossiya tomoni, shuningdek, Ukrainadagi majburiy safarbarlikni tanqid qilib, oddiy fuqarolarning harbiy harakatlarga jalb etilayotganini qayd etgan. Elchixonaga ko‘ra, aynan ular haqiqiy “to‘p yemi” hisoblanadi. Diplomatlar yana bir da’vo sifatida Ukrainadagi ayrim korrupsiyada ayblanyotgan shaxslar Londonda yashab, qimmatbaho avtomobillarda harakatlanyotganini bildirgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Buyuk Britaniya Rossiyaga qarshi sanksiyalarini kengaytirib, “qora ro‘yxat”ga 10 nafar jismoniy shaxs va 8 ta kompaniyani kiritganini e’lon qilgan edi.
Oybek Rustamov
Live
Barchasi