Rossiya 10 oydan kam ishlaganlarning yashash guvohnomasini bekor qilmoqchi

Olam

image

Rossiya Davlat dumasi deputatlari bahorgi sessiya davomida yangi qonun qabul qilishni rejalashtirmoqda. Unga ko‘ra, hujjat berilgan kundan boshlab yil davomida 10 oydan kam ishlagan mehnat migrantlarining yashash guvohnomasi va vaqtincha yashash uchun ruxsatnomasi (VYAR) bekor qilinishi mumkin. Bu haqda parlament quyi palatasi raisi Vyacheslav Volodinga tayanib, “Kontekst” xabar berdi. 

Qayd etilishicha, ushbu shartlarni tadbirkorlik faoliyati bilan bog‘liq bo‘lmagan shaxsiy, uy xo‘jaligi va shu kabi boshqa ehtiyojlar uchun jismoniy shaxslar huzurida ishlaydigan chet elliklarga ham tatbiq etish taklif qilinmoqda. Bunda, agar hisobot yilida bunday faoliyat 10 oydan kam amalga oshirilgan bo‘lsa va/yoki o‘zi va qaramog‘idagi har bir oila a’zosi uchun belgilangan bo‘nak (avans) to‘lovi ko‘rinishidagi daromad solig‘i 10 oydan kam muddat uchun to‘langan bo‘lsa, hujjatlar bekor qilinadi.

Vyacheslav Volodinning so‘zlariga ko‘ra, so‘nggi uch oy ichida migrantlarga berilgan 8 mingdan ortiq yashash guvohnomasi bekor qilingan bo‘lib, bu 2025 yil boshidagi ko‘rsatkichga nisbatan 90 foizga ko‘p.

Shuningdek, yangi yashash guvohnomasi va vaqtincha yashash uchun ruxsatnomalar berish hajmi ham sezilarli darajada kamaygan: mos ravishda 27,8 va 27,5 foizga. 

Eslatib o‘tamiz, avvalroq joriy yil 1 aprel holatiga ko‘ra, Rossiyada 6,1 million nafar xorij fuqarosi borligi, bir yil avval ularning soni 6,8 millionni tashkil etgani haqida xabar berilgan edi.


Maqola muallifi

Teglar

Rossiya migrant Davlat dumasi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing