Endi kiberfiribgarlar tayoq bilan savalanadi. Singapurda! (video)

Olam

image

Endi Singapurda kiberfiribgarlik bilan shug‘ullangan shaxslar tayoq bilan urilib, jazolanadi. Bu haqda joriy yilning 4 noyabr kuni hukumat saytida e’lon qilindi.

Ma’lum bo‘lishicha, faqat shu yilning birinchi yarmida Singapurda o‘n minglab firibgarlik holatlari qayd etilgan, ularning oqibatida jami 385 million dollarga yaqin zarar yetgan.

“Masofaviy aloqa orqali aldamchilik yo‘li bilan sodir etiladigan firibgarlik jinoyatini qilgan shaxslar kamida olti marta tayoq bilan uriladi”, deydi Ichki ishlar vaziri Sim Enn.

Ta’kidlanishicha, bu jazo turi uchun hukumat 60 dan 120 santimetrgacha uzunlikdagi, 4-13 millimetr qalinlikdagi egiluvchan tayoqlarni ishlatadi, ular rotang yoki bambukdan tayyorlanadi. Jazo ijrosidan oldin majburiy tibbiy ko‘rik o‘tkaziladi. Onlayn firibgarlikda ayblangan shaxs 6 tadan 24 martagacha tayoq bilan uriladi. 

Qayd etish joiz, Singapurda bunday jazo yangilik emas. Bu orol davlatda 65 turdagi jinoyat uchun, jumladan o‘g‘irlik uchun ham majburiy ravishda tayoq bilan urish jazosi mavjud. Jazo faqat tibbiy ko‘rikdan o‘tkazilgandan so‘ng qo‘llaniladi. Jazodan ayollar, qizlar va 50 yoshdan oshgan erkaklar ozod etiladi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq  Singapurdagi o‘zbekistonliklar mamlakatda tamaki mahsulotlarini qizdiruvchi qurilmalar (IQOS va boshqalar) hamda elektron sigaretalar (veyplar), ayniqsa, “K-pods” turidagi va tarkibida etomidat mavjud bo‘lgan veyplarga qarshi yanada qat’iy qonunchilik choralari kuchga kirgani haqida ogohlantirilgan edi.

Mohichehra Qadamova


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Singapur kiberfiribgar K-pods

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing