O‘zbekistonlik suzuvchi Jahon chempioni bo‘ldi (video)

Sport

image

Joriy yilning 21 sentyabridan 27 sentyabriga qadar Singapur para suzish bo‘yicha Jahon chempionatiga mezbonlik qilmoqda. Bugun, 24 sentyabr kuni bo‘lib o‘tgan bahslarda O‘zbekiston terma jamoasi musobaqadagi dastlabki oltin medalni qo‘lga kiritdi.

S13 toifasidagi bahsda ishtirok etayotgan Yegor Bolotov 100 metr masofaga chalqancha suzish dasturida 58,97 soniyada marra chizig‘iga yetib bordi va oltin medalni qo‘lga kiritdi. Bu O‘zbekiston terma jamoasi uchun musobaqadagi ikkinchi medal hisoblanadi.

Erkaklar o‘rtasida 100 metr masofaga chalqancha suzish (S13 klassi):

  • Oltin medal: Yegor Bolotov (O‘zbekiston) – 58,97 soniya;
  • Kumush medal: Tomas van Vaanroy (Niderlandiya) – 59,35 soniya;
  • Bronza medal: Oleksey Virchenko (Ukraina) – 59,45 soniya.

Ma’lumot uchun, O‘zbekiston terma jamoasining dastlabki medali ham Yegor Bolatovga tegishli. U  kecha, 23 sentyabr kuni erkaklar o‘rtasida S13 klassida 100 metr masofaga erkin usulda suzish bahslarida 53,13 soniyada marraga yetib borib, uchinchi natijani qayd etgan va O‘zbekiston terma jamoasi hisobiga dastlabki medalni (bronza medali) taqdim etgan.

Erkaklar o‘rtasida 100 metr masofaga erkin usulda suzish (S13 klassi): 

  • Oltin medal: Yegor Shitkovskiy (neytral maqomdagi sportchi) – 51,27 soniya;
  • Kumish medal: Vitaliy Sibruik (neytral maqomdagi sportchi) – 52,34 soniya; 
  • Bronza medal: Yegor Bolotov (O‘zbekiston) – 53,13 soniya. 

Maqola muallifi

Teglar

Jahon chempionati Singapur suzish Egor Bolotov

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing