Endi mansabdorlarning faoliyatini ekspertlar baholab boradi

Jamiyat

image

Endi O‘zbekistonda mansabdor shaxslarning faoliyatini baholab boradigan ekspert guruhlari tuziladi. Bu haqda Vazirlar Mahkamasining 14 iyul kuni qabul qilingan “Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari hamda xo‘jalik birlashmalari rahbarlari va ularning o‘rinbosarlari faoliyatining eng muhim samaradorlik ko‘rsatkichlarini ishlab chiqish tartibini yanada takomillashtirish to‘g‘risida”gi qarorida so‘z boradi

Ma’lum qilinishicha, ushbu guruh rahbarlar va ularning o‘rinbosarlari faoliyatining eng muhim samaradorlik ko‘rsatkichlarini (KPI) ishlab chiqish, ularning natijalarini tahlil qilish va bajarilmaslik xavfining oldini olish bo‘yicha takliflar tayyorlash bilan shug‘ullanadi. 

Shuningdek, respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va xo‘jalik birlashmalari tomonidan ishlab chiqilgan KPIʼlarni davlat ilmiy markazlari va boshqa manfaatdor tashkilotlar xodimlarini jalb etgan holda ekspertizadan o‘tkazish tartibi joriy etiladi.
Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va xo‘jalik birlashmalarida jamoatchilik asosida ekspert guruhlari tuziladi.

Ekspert guruhlarining asosiy vazifalari quyidagicha belgilandi:

  • “O‘zbekiston – 2030” strategiyasida ko‘zda tutilgan maqsadlar va davlat dasturlariga muvofiqligini va bog‘liqligini, shuningdek, ularning sohadagi mavjud tizimli muammolarni bartaraf etishga yo‘naltirilganligini va moliyalashtirish manbalarini aniqlashni hisobga olgan holda KPI ko‘rsatkichlarini ishlab chiqish;
  • KPI ko‘rsatkichlari bajarilishini doimiy nazorat qilish, ularning bajarilmaslik xavfini oldini olish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish;
  • KPI ko‘rsatkichlarini ishlab chiqishda ularning byudjet mablag‘laridan foydalanishning maqsadli ko‘rsatkichlariga mosligini inobatga olish, shuningdek, KPI ko‘rsatkichlari bajarilishi natijalarini muntazam ravishda tahlil qilib borish.

Maqola muallifi

Teglar

mansabdor ekspert guruh KPI

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing