Endi O‘zbekistonda ID-kartalar elektron raqamli imzo bilan beriladi

Jamiyat

image

1 fevraldan boshlab ilk bor ID-karta berilayotganda, unga elektron raqamli imzo sertifikati bepul taqdim etiladi. Bu haqda kecha, 19 yanvar kuni O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tomonidan qabul qilingan “Ichki ishlar organlarining migratsiya va personallashtirish sohasidagi faoliyatini raqamlashtirish orqali sifat jihatidan yangi bosqichga ko‘tarish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorda so‘z boradi. 

Unga ko‘ra, 1 fevraldan boshlab O‘zbekiston fuqarolari ilk bor ID-karta (milliy pasport) olish uchun ariza topshirganda, elektron raqamli imzo sertifikati karta chipiga bepul kiritiladi. Bundan tashqari, fuqarolar avtomatik ravishda “Elektron hukumat” tizimidan foydalanuvchi sifatida bepul ro‘yxatdan o‘tkaziladi. 

Shu bilan birga, 2026 yil 1 maydan boshlab tajriba tariqasida Toshkent, Samarqand, Farg‘ona viloyatlari va Qoraqalpog‘iston Respublikasida bittadan tuman (shahar)da sun’iy intellekt asosida ishlovchi, o‘z-o‘ziga xizmat ko‘rsatish imkoniyatiga ega “Aqlli” migratsiya shoxobchalari (Smart migration stations) tashkil etiladi. Ularda bir qator davlat xizmatlari avtomatlashtirilgan tarzda ko‘rsatiladi, keyinchalik xizmat turlari kengaytirib boriladi.

Shuningdek, 1 maydan elektron viza asosida kirib kelgan chet el fuqarolari vizasini 30 kungacha uzaytirish vakolati migratsiya bo‘linmalariga beriladi.

2026 yil davomida “Passport-visa” mobil ilovasi, “E-Rozilik” platformasi ishga tushiriladi, “Yagona raqamli migratsiya” platformasi yaratiladi.

Elektron raqamli imzo nima o‘zi?

Oddiy qilib aytganda, bu – internet orqali hujjatlarga imzo chekishning elektron turi. Oldin biror ariza, hujjatni davlat idorasiga olib borib, qog‘ozga imzo qo‘yish kerak bo‘lardi. Endi esa shu imzo elektron ko‘rinishda bo‘ladi va ko‘p ishlarni uydan chiqmasdan telefon yoki kompyuter orqali amalga oshirish mumkin bo‘ladi.


Maqola muallifi

Teglar

Shavkat Mirziyoev O'zbekiston ID-karta

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing