Eng go‘shtxo‘r mamlakatlar e’lon qilindi
Olam
−
18 noyabr 36101 2 daqiqa
Dunyoda qoramol go‘shtini iste’mol qilish bo‘yicha Argentina davlati yetakchilik qilmoqda. Bu haqda “Visual Capitalist” tomonidan tayyorlangan infografikada so‘z boradi.
Ma’lum qilinishicha, mol go‘shti iste’moli bo‘yicha eng yuqori ko‘rsatkichlarni ko‘rsatgan besh davlat quyidagilar:
- Argentina (har bir odamga yiliga 46 kg);
- Zimbabve (44,4 kg), AQSH (38 kg);
- Isroil (36,1 kg);
- Braziliya (34,6 kg).
Argentinaliklarning go‘sht iste’moli bo‘yicha yetakchiligi asosan milliy taom hisoblangan asadoga bog‘liq ekani aytiladi. Zimbabve ham bu borada ajralib turadi, bu mamlakat Afrika qit’asida mol go‘shti iste’moli eng yuqori bo‘lgan hududlardan biri hisoblanadi.
Cho‘chqa go‘shti eng ko‘p iste’mol qilinadigan davlatlar qatorida Xorvatiya (57,4 kg) birinchi o‘rinda turibdi. Undan keyin Ispaniya (56,5 kg), Chernogoriya (53,5 kg), Gonkong (52,6 kg) va Polsha (51,6 kg) turadi. Xorvatiya va Ispaniyada cho‘chqa go‘shti ko‘plab milliy taomlarning asosiy qismi bo‘lib, quritilgan go‘sht mahsulotlari va turli hududlarga xos pishiriqlar orqali an’anaviy ravishda iste’mol qilinib kelinadi. Chernogoriya va Gonkongda esa cho‘chqa go‘shti kundalik ovqatlanish tarkibining ajralmas qismi hisoblanadi.
Tovuq go‘shti iste’moli bo‘yicha yetakchi beshlikni Sent-Vinsent va Grenadinlar (94,1 kg), Tonga (90,6 kg), Marshall orollari (74,8 kg), Samoa (74,8 kg) va Isroil (70,8 kg) egallagan. Bu guruhdagi to‘rtta davlat orol mamlakatlar bo‘lib, u yerdagi cheklangan yer resurslari tovuqchilikni nisbatan arzon va qulay oziq-ovqat manbai sifatida rivojlantirgan. Tovuq go‘shti oson yetishtirilishi va arzonligi sababli asosiy protein manbai bo‘lib qolmoqda.
Qo‘y va echki go‘shti (baranina va kozyalatina) eng ko‘p iste’mol qilinadigan davlatlar qatorida esa Mongoliya mutlaq yetakchi – jon boshiga 68,5 kg. Undan keyingi o‘rinlarda Bahrayn (23,4 kg), Yangi Kaledoniya (21,9 kg), Turkmaniston (20,3 kg) va Chad (19 kg) joylashgan. Mongoliyada yuqori ko‘rsatkichlar mamlakatning ko‘chmanchi chorvachilikka asoslangan hayot tarzidan kelib chiqadi. Qattiq iqlim va unumdor yerlarning kamligi sababli, mongollar asosan go‘shtga tayangan an’anaviy ovqatlanish modeliga ega.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Mo‘g‘uliston go‘sht va go‘sht mahsulotlarining asosiy qismini O‘zbekiston, Xitoy, BAA, Qatar, Qozog‘iston va Vetnamga eksport qilayotgani haqida xabar berilgandi.
Live
BarchasiNamanganda yana zilzila bo‘ldi
06 dekabr