Epshteyn bilan aloqalar: dubaylik magnat kursisini bo‘shatdi

Olam

image

Dubayda joylashgan global logistika giganti DP World rahbari Sulton Ahmad bin Sulaym “Epshteyn ishi” bilan aloqalari oshkor bo‘lgach, lavozimini tark etdi. Bu haqda BBC xabar berdi.

Qayd etilishicha, kompaniya uning iste’fosi “zudlik bilan kuchga kirganini” ma’lum qilgan. Yangi rahbar sifatida Essa Kazim direktorlar kengashi raisi, Yuvraj Narayan esa bosh ijrochi etib tayinlangan. 

Oshkor etilgan hujjatlar Sulaymning sudlangan moliyachi Jeffri Epshteyn bilan o‘n yil davomida yuzlab elektron xatlar almashganini ko‘rsatadi. Hujjatlarda tilga olinishi qonunbuzarlikni anglatmaydi, biroq hamkorlar bosimi keskin oshgan. Jumladan, Buyuk Britaniya taraqqiyot moliya agentligi hamda Kanadaning yirik pensiya jamg‘armalaridan biri yangi investitsiyalarni to‘xtatgan.

BBS tahliliga ko‘ra, yozishmalar 2007 yildan boshlangan bo‘lishi mumkin. Ular safar rejalari, biznes g‘oyalari va turli tanishuvlarni o‘z ichiga olgan. 2013 yilgi xatlarning birida Epshteyn Sulaymni “eng ishonchli do‘stlaridan biri” deb atagan. Muloqotlar 2017 yilgacha davom etgani aytilgan. Bu esa Epshteynning 2008 yildagi sud hukmidan keyingi davrda ham aloqalar davom etganini bildiradi.

Hujjatlarda siyosiy doiralarga chiqishlar haqida ham ma’lumotlar bor. Masalan, o‘sha paytdagi Britaniya biznes vaziri Peter Mandelson bilan aloqa o‘rnatishda Epshteyn vositachilik qilgani yozilgan. Shuningdek, Sulaym 2016 yilda London Gatevay portida shahzoda Uilyamni qabul qilgani va Bukingem saroyidagi tadbirda ishtirok etgani tilga olinadi. Boshqa yozishmalarda xalqaro arboblar — Ehud Barak, Stiv Bannon va boshqalar bilan tanishtirishlar qayd etilgan.

Ba’zi xatlar ayollar haqidagi nojo‘ya izohlar, shaxsiy uchrashuvlar va mehmonxonadagi “xususiy massajchi”ni tayyorlash masalalarini ham o‘z ichiga oladi. Ayrim joylari tahrirlangan hujjatlar kontekstni to‘liq ochmaydi. Ohirgi bahslar fonida oshkor qilingan ushbu fayllar jamoatchilik e’tiborini yana kuchaytirdi. Sulaym izoh berishdan hozircha tiyilgan, biroq kompaniya rahbariyatdagi o‘zgarishlar bilan vaziyatni barqarorlashtirishga urinmoqda.

Eslatib o‘tamiz, joriy yil yanvar oyining oxirgi kunlarida AQSH Adliya vazirligi Jeffri Epshteyn – sudlangan jinsiy jinoyatchi va dunyoning eng “qudratli” shaxslari bilan aloqalari bo‘lgan shaxs – bo‘yicha tergov materiallariga oid 3 milliondan ortiq sahifani, jumladan, minglab video va tasvirlarni oshkor qilingan edi. Ularda muqaddas Ka’baning yopinchig‘iga oid ma’lumotlar ham bor.

Musulmon Sodiq


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Epshteyn dubaylik magnat Sulton Ahmad bin Sulaym

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing