Eron BAAga hujum qilganini rad etdi

Olam

image

Eron hozirgacha ham, ayni vaqtda ham Birlashgan Arab Amirliklariga hujum qilishni rejalashtirmagan. Bu haqda yuqori lavozimli harbiy manbaga tayanib, Eron davlat teleradiokompaniyasi xabar qildi.

“Eronda BAAga hujum qilish bo‘yicha na oldin va na hozir hech qanday reja bo‘lmagan”, degan harbiy manba davlat telekanaliga bergan bayonotida.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Eron Birlashgan Arab Amirliklarining Fujayra amirligida joylashgan neft qayta ishlash hududiga dron bilan zarba berdi. Qutqaruv xizmatlari yong‘inni bartaraf etish ishlarini boshlagan. “Aja News” xabariga ko‘ra, hujum oqibatida Hindistonning uch nafar fuqarosi jarohat olgan.


Maqola muallifi

Teglar

Eron Birlashgan Arab Amirliklari

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing