Eron Xomanaiy o‘limiga javob yo‘llamasligi kerak – Tramp

Olam

image

Eron AQSH va Isroilning hujumlariga javob yo‘llamasligi kerak. Bu haqda AQSH Prezidenti Donald Tramp o‘zining Truth Social tarmog‘ida yozib qoldirdi.

“Eron hozirgina har qachongidan ham qattiqroq zarba berishini aytdi. Bunday qilmagani yaxshi, chunki bunday qilsa, biz ularga hech qachon, hech kim ko‘rmagan kuch bilan zarba beramiz”, dega Oq uy yetakchisi.

Qayd etish joiz, Eron Islom inqilobi qo‘riqchilari korpusi Islom Respublikasi Oliy rahbari Oyatulloh Ali Xomanaiyning vafoti tasdiqlanganidan so‘ng, mamlakat “Qurolli kuchlari tarixidagi eng shiddatli hujum operatsiyasi” boshlanganini ma’lum qilgandi.

Shundan so‘ng, Eron Islom inqilobi qo‘riqchilari korpusi mamlakat Isroil va AQSHga qarshi yangi hujumlar boshlanganini e’lon qildi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Eron davlat televideniyesi Xomanaiy Isroil va AQSH tomonidan o‘ldirilganini xabar qilgan edi. Eronning “Tasnim” axborot agentligi ma’lumotlariga ko‘ra, u kecha, 28 fevral kuni ertalab o‘z ishxonasida o‘ldirilgan. Oyatullohning vafoti munosabati bilan mamlakat bo‘ylab 40 kunlik umumxalq motami va 7 kunlik umumxalq dam olish kunlari e’lon qilindi.

Shuningdek, Eron hududiga uyushtirilgan hujum chog‘ida Oyatullohning oila a’zolaridan to‘rt kishi – qizi, kuyovi, nabirasi va kelinlaridan biri ham halok bo‘lgan.


Maqola muallifi

Teglar

Eron Donal'd Tramp Isroil

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing