Eron Oliy rahnamosi Moskvaga qochmoqchiligi aytildi
Olam
−
05 yanvar 26796 2 daqiqa
Eron Oliy rahnamosi Oyatulloh Ali Xomanaiy Tehrondagi noroziliklar kuchayib, armiya va xavfsizlik kuchlari dushman tomon o‘tib ketsa yoki buyruqlarni bajarmasa, shaharni tark etish rejasini ishlab chiqqan. Bu haqda Erondagi rasmiy manbalarga tayanib, “The Times” jurnali xabar berdi.
Nashrning yozishicha, 86 yoshli Xomanaiy atrofidagi eng yaqin 20 yordamchi va oila a’zolari bilan birga mamlakatni tark etishni rejalashtirgan.
“B reja” Xomanaiy va uning eng yaqin atrofidagilar, jumladan farzandi va taxminiy vorisi Mujtabo uchun mo‘ljallangan.
Isroil razvedkasi vakili Beni Sabtining aytishicha, Oyatulloh Moskvaga qochishi mumkin, chunki borarga boshqa joyi yo‘q. Nashr shuningdek, Suriyaning sobiq prezidenti Bashar Asadning Rossiyada boshpana topgani misolini keltirgan. Rossiya Prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov Asadning Rossiyada qolishi shaxsiy qarori ekanini aytgandi.
Xomanaiyning eng yaqin yordamchilaridan ko‘pchiligi, jumladan Milliy xavfsizlik kengashi kotibi Ali Larijaniyning chet elda, shu jumladan AQSH, Kanada va Dubayda qarindoshlari borligi ta’kidlangan.
Razvedka hisobotiga ko‘ra, Xomanaiy sog‘lig‘i o‘tgan yilgi Isroil bilan 12 kunlik urushdan keyin ancha og‘irlashib qolgan va oxirgi kunlarda ommaviy tadbirlarda deyarli ko‘rinmagan. Ushbu qarshilik davomida u bunday vaziyatlarda barmoq bilan nazorat qilgan.
AQSH Prezidenti Donald Tramp esa Eron bo‘yicha noroziliklar, ayniqsa, narxlar oshishi sababli yuzaga kelgan namoyishlar zo‘ravonlik bilan bostirilsa, Amerika aralashuvga tayyorligini bildirgan. Bunga javoban Milliy xavfsizlik kengashi kotibi Ali Larijaniy AQSHning Eron ichki ishlariga aralashuvi butun mintaqada barqarorlikni buzishini aytib, bu Amerika manfaatlariga zarar yetkazishidan ogohlantirgan.
Eslatib o‘tamiz, 3 yanvar kuni Oyatulloh Ali Xomanaiy birinchi marta mamlakatda bir haftadan ortiq vaqtdan beri davom etayotgan ommaviy norozilik namoyishlari haqida ochiq gapirgandi. Xomanaiy davlat televideniyesida so‘zlagan nutqida u voqealarni “ichki va tashqi dushmanlarning fitnasi” deb atagan va “tartibsizliklarni qo‘zg‘atuvchilar”ning harakatlariga qattiq qarshilik ko‘rsatishni talab qilgan.