Eronda namoyishchilar 30 dan ortiq masjidni yoqib yubordi (video)

Olam

image
“Tramp ag‘dariladi”. Xomanaiy xalqqa murojaat qildi (video) north_east

“Tramp ag‘dariladi”. Xomanaiy xalqqa murojaat qildi (video)

Joriy yil yanvar oyida Eron bo‘ylab keng tarqalgan hukumatga qarshi noroziliklar keskin bosqichga o‘tib, namoyishchilar mamlakatdagi 30 dan ortiq masjidga o‘t qo‘ydi. Bu haqda MM News nashri xabar berdi.  

Qayd etilishicha, Tehron meri Alirizo Zokani bugun, 10 yanvar kuni tartibsizliklar davomida 30 dan ziyod masjid yoqib yuborilganini ma’lum qilgan. Internetda tarqalgan va tasdiqlangan videolarda kecha, 9 yanvar kuni Tehrondagi Al-Rasul masjidi alanga ichida qolganini ko‘rish mumkin. Shuningdek, Tehron shimolidagi Golhak va Saodatobod mahallalaridagi masjidlarda ham yong‘inlar qayd etilgani xabar qilinmoqda. 

Eronning janubi-sharqida joylashgan Zohidon shahridagi Makki masjidi yaqinida bo‘lib o‘tgan namoyishlar zo‘ravonlik bilan kechgan. Xabarlarga ko‘ra, namoyishchilar bilan xavfsizlik kuchlari o‘rtasida to‘qnashuvlar yuz bergan. Masjid atrofida odamlar to‘plangan paytda xavfsizlik xodimlari o‘q uzgan. 

Namoyishlar dastlab Eron milliy valyutasining keskin qadrsizlanishi, inflyatsiyaning oshishi va hayot narxlarining qimmatlashuvi tufayli boshlangan. Biroq vaqt o‘tishi bilan noroziliklar tobora siyosiy tus ola boshlagan.

BBC Persian’ning inson huquqlari tashkilotlariga tayanib xabar berishicha, norozilik mamlakatning 31 viloyatidagi 100 dan ortiq shahar va aholi punktlarida tartibsizliklarga sabab bo‘lgan. 

Namoyishchilar “Diktatorga o‘lim” va “Xomanaiyga o‘lim” kabi shiorlarni aytib, mamlakatni boshqarayotgan tizimga ochiq qarshi chiqmoqda.

Vaziyat ortidan Eron rasmiylari keskin ogohlantirishlar bilan chiqdi. Oliy sud rahbari G‘ulomhusayn Mohseni Ejeiy o‘zi “sabotajchilar” deb atagan shaxslarga nisbatan qat’iy jazolar qo‘llanishini va’da qildi. Hukumat qurbonlar bo‘yicha rasmiy raqamlarni e’lon qilmagan. Biroq “Human Rights Activists News Agency” o‘z hisobotida kamida 38 kishi halok bo‘lganini, jumladan xavfsizlik kuchlarining 4 nafar xodimi borligini ma’lum qilgan. Shuningdek, o‘nlab odamlar jarohat olgani va 2 217 kishi hibsga olingani aytilgan. 

“Tasnim” axborot agentligi namoyishlar davomida 568 nafar politsiya xodimi jarohatlangani, shuningdek, Basij harbiylashtirilgan kuchlarining 66 a’zosi ham tan jarohati olganini xabar qilgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq tartibsizliklarni jilovlash va axborot tarqalishini cheklash maqsadida mamlakat bo‘ylab internet o‘chirib qo‘yilgandi.  


Maqola muallifi

Teglar

Eron masjid Tehron namoyishchilar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing