Erondagi urush sabab O‘zbekiston samolyotlari ortga qaytmoqda

Jamiyat

image

Ayni paytda Erondagi urush sabab O‘zbekistondan parvoz qilgan samolyotlar ortga qaytdi. Bu haqda Uzbekistan Airports xabar berdi. 

Ma’lum bo‘lishicha Eron va Isroil havo hududlarining yopilishi sabab bir nechta aviareyslar aeroportlariga qaytishga majbur bo‘lgan. Xususan, 5 ta reys ortga qaytgan:

Andijon – Madina yo‘nalishida uchgan 7Q4461 “Fly One Asia” reysi Andijon aeroportiga;

Madina – Toshkent yo‘nalishida uchgan 7Q4461 “Fly One Asia” reysi Madina aeroportiga;

Toshkent – Dubay yo‘nalishidagi HH901 “Qanot Sharq” reysi Toshkent aeroportiga;

Madina – Andijon yo‘nalishida uchgan 2U7706 “Fly Khiva” samolyoti Madina aeroportiga;

Jidda - Toshkent yo‘nalishida uchgan 9S3302 “Air Samarkand” samolyoti Jidda aeroportiga qaytishgan majbur bo‘lgan. 

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toshkentdan Dubayga yo‘l olgan “Qanot Sharq” aviakompaniyasiga tegishli samolyot Eron osmoni yopilgani sababli ortga qaytishga majbur bo‘lgani haqida xabar berilgandi.


Maqola muallifi

Teglar

O'zbekiston Eron va Isroil

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing