Eronga qarshi sanksiyalarni kuchaytirishni ko‘rib chiqyapmiz – Ursula fon der Lyayen
Olam
−
16 yanvar 881 2 daqiqa
Yevropa Ittifoqi rasmiylari Tehronga qarshi sanksiyalar yanada kuchaytirilishi mumkinligini istisno qilmayapti. Bu haqda kecha, 15 yanvar kuni Kiprda boshlangan Yevropa Ittifoqi komissarlari hay’atining ikki kunlik yig‘ilishida ishtirok etayotgan Yevrokomissiya rahbari Ursula fon der Lyayen Kipr Prezidenti Nikos Xristodulidis bilan qo‘shma matbuot anjumanida ma’lum qildi.
AQSH va Isroilning Eron ishlariga harbiy aralashuvini kutayotgani haqidagi savolga javob berar ekan, fon der Lyayen shunday dedi:
“Men boshqa davlatlarning harakatlariga izoh bera olmayman – bu ularning ishi. Ammo biz haqiqatdan ham Eronga qarshi sanksiyalarni kuchaytirish imkoniyatini ko‘rib chiqmoqdamiz”.
YeK rahbarining ta’kidlashicha, Erondagi hukumatga qarshi namoyishlar ishtirokchilari Yevropa Ittifoqi rasmiylariga o‘z mamlakatlaridan kelgan yangi shaxslarni sanksiyalar ro‘yxatiga kiritish iltimosi bilan murojaat qilgan. Shuningdek, u Eronda nima bo‘layotganini juda yaxshi tushunishini aytgan va norozilik namoyishlari ishtirokchilarining iltimosini bajarishga va’da bergan.
Eronda norozilik namoyishlari 2025 yil oxiridan beri davom etmoqda. 29 dekabr kuni rial kursining keskin tushishi sababli do‘kon egalari ko‘chaga chiqdi, ertasi kuni ularga talabalar ham qo‘shildi. Keyinchalik tartibsizliklar Eronning barcha viloyatlarini qamrab oldi. 2026 yil 2 yanvar kuni ko‘chalarda qurolli guruhlar paydo bo‘ldi, huquq-tartibot idoralari xodimlari bilan to‘qnashuvlar kuchaydi, norozilik namoyishlarining eng yuqori cho‘qqisi 8 yanvarga to‘g‘ri keldi. Eron rasmiylari bosqinchilarni terrorchilar deb atab, Isroil va AQSHni tartibsizliklarni uyushtirganlikda aybladi.
Live
Barchasi