Farg‘onada dalaga ko‘milgan 7 kg “gashish”ni olayotganlar ushlandi (video)
3-sahifa
−
04 aprel 2216 1 daqiqa
Farg‘onada dalaga ko‘mib ketilgan 7 kg “gashish”ni olayotgan transmilliy jinoiy guruh a’zolari qo‘lga olindi. Bu haqda Ichki ishlar vazirligi xabar berdi.
Qayd etilishicha, Ichki ishlar vazirligi tezkor qidiruv departamenti va uning hududiy bo‘linmalari, shuningdek, Davlat xavfsizlik xizmati xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor qidiruv tadbiri natijasida Farg‘ona viloyati Dang‘ara tumanida joylashgan dalalarning birida yashirib ketilgan 7 kg “gashish”ni muqaddam jinoyat kodeksining 109-moddasi bilan sudlangan 1995 va 1982 yilda tug‘ilgan shaxslar olgan vaqtida ushlangan.
Bildirilishicha, fuqarolardan biri 2024 yildan buyon qo‘shni respublikalar hududi orqali transmilliy jinoiy uyushma a’zolari bilan hamkorlikda katta miqdordagi giyohvandlik vositalari savdosi bilan shug‘ullanib kelgan. Olib borilgan tezkor qidiruv tadbirlar natijasida aniqlanishicha, “gashish” giyohvandlik vositasini jinoiy uyushma a’zolardan biri kelishilgan geolokatsiyada qoldirib ketgan.
Keyinchalik esa ushlangan shaxslar ushbu manzilga borib giyohvandlik vositasini qazib olgan. O‘tkazilgan tezkor tadbir natijasida 7 kg “gashish” iste’moldan olingan. Mazkur holat yuzasidan narkojinoiy uyushma a’zolariga nisbatan Jinoyat kodeksining 273-moddasi 5-qismi bilan jinoiy ish qo‘zg‘atilgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Farg‘ona viloyatida giyohvandlik vositalarining noqonuniy aylanmasi bilan shug‘ullangan 5 kishi 12 yildan 15 yilgacha qamalgan edi.
Live
Barchasi