Farg‘onada Moskvich YTHda ikkiga bo‘linib ketdi (video)
Jamiyat
−
29 noyabr 9879 1 daqiqa
Kecha, 28 noyabr’ kuni Farg‘ona viloyatining Bag‘dod tumanida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘ldi. Hodisa soat 15:00 atrofida tumandagi “Chuvalanchi” MFY hududidan o‘tgan 40V088 “Yangiqo‘rg‘on qishlog‘i” yo‘lida yuz berdi. Bu haqda viloyat IIB JXX YHXB Axborot xizmati xabar berdi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, “Moskvich 412” avtomobili yo‘lning belgilanmagan qismidan ortga qayrilayotgan paytda uning ortidan kelayotgan Nexia-2 avtomobili unga urilgan. Oqibatda Moskvich avtomobili deyarli ikkiga bo‘linib ketgan, Nexia-2 avtomobili ham jiddiy shikastlangan.
Hodisa yuz berganda har ikkala haydovchi faqat yengil tan jarohati olgan. Jiddiy jarohatlar qayd etilmagan.
Hozirda holat yuzasidan tumani IIB YHX bo‘limi tergovga qadar tekshiruv harakatlarini olib bormoqda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Sirdaryoda qalin tuman sabab 8 ta avtomobil to‘qnashib ketgani haqida xabar berilgandi. Yo‘lga qalin tuman tushib, ko‘rinish cheklangani sabab yo‘nalishda harakatlanib ketayotgan transport vositalarining haydovchilari tomonidan belgilangan tartibda masofa saqlamagani oqibatida jami 8 ta yengil transport vositasi ishtirokida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘lgan.
Live
Barchasi