Farg‘onada narkosavdogarlar qamaldi

3-sahifa

image

Farg‘ona viloyatida giyohvandlik vositalarini pullamoqchi bo‘lgan shaxslar qo‘lga tushdi. Bu haqda Davlat xavfsizlik xizmati xabar berdi. 

Ma’lum qilinishicha, o‘tkazilgan tezkor tadbirda Marg‘ilon shahrida yashovchi fuqaroning Matiz rusumli avtotransport vositasi tegishli tartibda tekshirilgan.

Shundan so‘ng, avtomashina salonida 866 gr “gashish” moddasi borligi aniqlanib, ashyoviy dalil sifatida olib qo‘yilgan. 

Ma’lum bo‘lishicha, gumonlanuvchi ushbu giyohvandlik vositasini kelgusida sotib, boylik orttirishni maqsad qilgan.

Hozirda unga nisbatan Jinoyat kodeksining 25 orqali 273-moddasi (giyovandlik vositalari, ularning analoglari yoki psixotrop moddalarni o‘tkazish maqsadini ko‘zlab qonunga xilof ravishda tayyorlash, olish, saqlash va boshqa harakatlar qilish, shuningdek ularni qonunga xilof ravishda o‘tkazish) 5-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, “qamoq” ehtiyot chorasi qo‘llanilgan. Tergov harakatlari olib borilmoqda. 

Qolaversa, Farg‘ona va Andijon shaharlarida yashovchi fuqarolarga kuchli ta’sir qiluvchi dori vositalarini sotish bilan shug‘ullanib kelayotgan shaxslar to‘g‘risida tezkor ma’lumotlar olinib, Farg‘ona shahrida ularni qo‘lga olish tadbiri o‘tkazilgan.

Jumladan, Andijon viloyatining Qo‘rg‘ontepa tumanida yashovchi 2 nafar narkosavdogar Qirg‘iz Respublikasidan kontrabanda qilingan 4508 dona “Regapen” kuchli ta’sir qiluvchi dori vositalarini xaridorga 12 ming 800 dollarga sotgan vaqtida qo‘lga olingan.

Hozirda ularga nisbatan Jinoyat kodeksining 28 orqali 246-moddasi (kontrabanda) 1-qismi va 251-1-moddasi (giyohvandlik vositalari, ularning analoglari yoki psixotrop moddalar hisoblanmaydigan kuchli ta’sir qiluvchi moddalarni targ‘ib qiluvchi mahsulotni tayyorlash, tarqatish, reklama qilish, namoyish etish yoki bunday moddalarni yoxud zaharli moddalarni qonunga xilof ravishda muomalaga kiritish) 5-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, “qamoq” ehtiyot chorasi qo‘llanilgan. Ushbu holat bo‘yicha ham tergov harakatlari olib borilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toshkent viloyatida 12,3 kg giyohvandlik vositasining noqonuniy aylanmasiga chek qo‘yilgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Farg'ona gashish giyohvandlik vositalari

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing