Farg‘onadagi tintuvlarda 16,2 kg qoradori topildi

3-sahifa

image

Farg‘ona viloyatida jinoyat sodir etishga moyil shaxslarning yashash manzillarida o‘tkazilgan tadbirlarda 16 kg 23 gramm giyohvand moddalar aniqlandi. Bu haqda viloyat Ichki ishlar boshqarmasi munosabat bildirdi.

Qayd etilishicha, viloyat hududida tezkor vaziyatga salbiy ko‘rsatuvchi va jinoyat sodir etishga moyil 124 nafar shaxslarning yashash manzillarida tintuv harakatlari o‘tkazilgan. Tadbir davomida 16 kg 23 gramm giyohvandlik vositalari, jumladan, 15 kg 951 gramm marixuana, 52,5 gramm gashish aniqlangan.

Bundan tashqari, 138 dona bir necha nomdagi kuchli ta’sir qiluvchi dori vositalari ham ashyoviy dalil tariqasida olingan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Qashqadaryo viloyati Chiroqchi tumanida fuqaroning uyidan qariyb 21 kg giyohvandlik vositasi olingani haqida xabar berilgan edi.


Maqola muallifi

Teglar

Farg'ona giyohvand modda qoradori

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing