Farrosh noyob asarni hojatxona qog‘ozi bilan artib tashladi

Olam

image

Tayvandagi Kilung San’at muzeyida ishlaydigan ko‘ngilli tozalovchi zamonaviy rassom Chen Sunchjining asarini oddiy kir ko‘zgu deb o‘ylab, uni hojatxona qog‘ozi bilan artib tashladi. Bu haqda “Metro” xabar berdi.

Qayd etilishicha, asar yog‘och panelga o‘rnatilgan, yillar davomida chang bosgan ko‘zgudan iborat bo‘lgan. Rassomning g‘oyasiga ko‘ra, chang va markazdagi dog‘ beparvolik belgisi emas, balki madaniy xotira, vaqt va yo‘qolib borayotgan esdaliklarning ramzi bo‘lgan. 

Ko‘zguni avvalgi changlangan holatiga to‘liq qaytarishning iloji bo‘lmagan. Muzey ma’muriyati rassomdan rasmiy ravishda uzr so‘ragan va hozirda yetkazilgan zararni qoplash masalasi ko‘rib chiqilyapti.

Bu holat nafaqat muhokama, balki huquqiy bahslarni ham keltirib chiqargan. Huquqshunoslarning fikricha, changni artish klassik ma’noda moddiy zarar deb baholanishi noto‘g‘ri bo‘lishi mumkin. Ba’zi san’atshunoslar esa, aksincha, tozalovchining aralashuvi asarning yangi badiiy bosqichiga aylangani, uni san’atning davomiy jarayoni sifatida ko‘rish mumkinligini aytgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Ispaniyadagi Madrid muzeylaridan birida italiyalik dengizchi va sayyoh Xristofor Kolumbning surati bo‘yoq bilan bejalgandi. Futuro Vegetal ekologik tashkiloti faollari Ispaniya harbiy-dengiz floti muzeyida rassom Xose Garneloning “Xristofor Kolumbning ilk bayrami” kartinasiga biologik parchalanadigan qizil bo‘yoq quyib, “Bayram qilishga hech narsa yo‘q!” deb hayqirgan.

Mohichehra Qadamova


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

muzey noyob asar Farrosh Tayvand

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing