FIFA Jahon chempionatiga qiziqish pastligidan xavotirda – OAV
Sport
−
10:11 637 1 daqiqa
Xalqaro futbol federatsiyasi (FIFA) yaqinlashib kelayotgan 2026 yilgi futbol bo‘yicha Jahon chempionatiga qiziqish darajasi pastligidan xavotir bildirdi. Bu haqda “The Touchline” nashri xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, mazkur turnir tarixda ilk bor 48 ta milliy terma jamoa ishtirok etishiga qaramay, tashkilot rahbariyati chipta savdolarining sust kechayotganidan xavotirda. Ta’kidlanishicha, o‘yinlar uchun mo‘ljallangan chiptalarning katta qismi hali sotilmagan va muxlislar hayajoni darajasi bo‘lajak turnir ko‘lamiga mos kelmayapti. FIFA hozirgi vaziyat yuzasidan aniq izoh bermagan.
Jahon chempionati joriy yilning 11 iyundan 19 iyulgacha uchta davlat — AQSH, Kanada va Meksika hududlarida bo‘lib o‘tadi.
Amaldagi jahon chempioni Argentina milliy terma jamoasi bo‘lib, u 2022 yilda Qatarda o‘tkazilgan mundialda g‘olib chiqqan.
Ma’lumot uchun, O‘zbekiston milliy terma jamoasi o‘z tarixida ilk bor ushbu Jahon chempionatida ishtirok etadi. Ular Portugaliya, Kolumbiya va (Yamayka/Kongo/Yangi Koledoniya) o‘tish o‘yini g‘olibi bilan birga “K” guruhidan joy olgan.
Live
Barchasi