Maduroning sudi yana qoldirildi
Olam
−
11:28 676 1 daqiqa
Venesuela Prezidenti Nikolas Maduro ishi bo‘yicha navbatdagi sud majlisi 26 mart kuni Nyu-Yorkdagi federal sudda bo‘lib o‘tadi. Bu haqda bugun, 18 fevral kuni “RTE.ie” nashri xabar berdi.
Unga ko‘ra, sud sanasi Maduro advokatlarining iltimosiga binoan o‘zgartirilgan. Bunga prokuratura tomoni bilan bog‘liq jadval va logistika masalalari ham sabab bo‘lgan. Natijada ikki tomon sudni boshqa kunga ko‘chirishga kelishib olgan.
Ma’lumot uchun, joriy yilning 3 yanvar kuni AQSH Venesuelaga keng ko‘lamli harbiy amaliyot o‘tkazib, mamlakat Prezidenti Nikolas Maduro va uning rafiqasi Siliya Floresni qo‘lga olgandi.
AQSH Prezidenti Donald Tramp ularni “narkoterrorizm”ga aloqadorlik va AQSHga tahdid solishda ayblagan. Maduro va rafiqasi sudda ayblovlarni rad etib, o‘zlarini aybsiz deb hisoblamoqda. Er va xotinning sudi aslida 17 mart kuniga belgilangandi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Venesuela poytaxti Karakas shahrida minglab odamlar AQSH tomonidan qo‘lga olingan prezident Nikolas Maduro va uning rafiqasi Siliya Floresni ozod qilish talabi bilan namoyish o‘tkazgandi.
Live
Barchasi