Filippinda tayfun oqibatida olti kishi halok bo‘ldi
Olam
−
11 noyabr 1040 2 daqiqa
Filippinda 200 dan ortiq odamning hayotiga zomin bo‘lgan to‘fondan bir necha kun o‘tib mamlakatga “Fung-Vong” super to‘foni yopirildi va oqibatda kamida olti kishi halok bo‘ldi. Bu haqda BBC xabar berdi.
Qayd etilishicha, “Fung-Vong” super to‘foni toshqin va ko‘chkilarni olib kelib, ko‘pchilikning o‘limiga sabab bo‘lgan. To‘fon oqibatida butun viloyatlar bo‘ylab elektr energiyasi uzilgan. Keyinchalik u kuchsizlanib, tayfunga aylangan.
Ko‘plab aholi hali ham ketma-ket tabiiy ofatlardan qutulish uchun kurashayotgan bir paytda “Fung-Vong” to‘foni bu yil Janubi-Sharqiy Osiyo davlatida sodir bo‘lgan 21 to‘fonga aylangan. Filippinda to‘fon oldidan 1,4 milliondan ortiq odam evakuatsiya qilingan. To‘fon esa hozir 3000 nafardan ortiq odam evakuatsiya qilingan Tayvanga yo‘l olgan.
Joriy yilning 9 noyabr kuni, mahalliy tilda Uvan nomi bilan tanilgan “Fung-Vong” 185 km/soat va 230 km/soat shamollar bilan Aurora provinsiyasiga urilgan. Shamol tezligi Filippin tarixidagi eng kuchli bo‘ronlar bilan tenglashmagan bo‘lsa-da, “Fung-Vong” mamlakatga ko‘p miqdorda yomg‘ir yog‘dirgan va 4100 ga yaqin uyni butunlay vayron qilgan.
Kabanatuan shahrida yashovchi Mercidita Adriano va uning oilasi o‘tgan hafta bo‘ronga tayyorgarlik ko‘rish uchun uylari yaqinidagi daraxtlarni kesishgan. Bugun, 11 noyabr kuni ertalab suv sathi pasaygan bo‘lsa-da, mamlakatning katta qismi hali ham suv ostida.
Eslatib o‘tamiz, markaziy va janubiy Filippin orollariga yopirilgan “Kalmaegi” tayfuni oqibatida kamida 140 kishi halok bo‘lgandi, yana 127 nafar inson bedarak yo‘qolgan edi.
Mohichehra Qadamova
Live
BarchasiNamanganda yana zilzila bo‘ldi
06 dekabr