Filippindagi tayfun qurbonlari soni 140 nafardan oshdi

Olam

image

Markaziy va janubiy Filippin orollariga yopirilgan “Kalmaegi” tayfuni oqibatida kamida 140 kishi halok bo‘ldi, yana 127 nafar inson bedarak yo‘qolgan. Bu haqda mahalliy hukumat ma’lumotlariga tayanib, AFP xabar berdi.

Qayd etilishicha, Filippin fuqarolik mudofaasi milliy boshqarmasi 114 nafar qurbon haqida ma’lumotni tasdiqlagan. Biroq Sebu provinsiyasi rasmiylari yana 28 kishining o‘limi haqida xabar bergan. 

“Associated Press” ma’lumotiga ko‘ra, Filippin Prezidenti Ferdinand Markos mamlakatda favqulodda holat joriy qilgan.

Qayd etish joiz, “Kalmaegi” tayfuni kuchli jala va dovul bilan birga kelgan. Sohil yaqinidagi hududlardan qariyb 400 ming kishi evakuatsiya qilingan. Dengizdagi to‘lqinlar balandligi 4 metrgacha ko‘tarilgan. Tayfun hozir Vetnam tomon siljimoqda.

Filippin hududiga har yili o‘rtacha 20 ta turli kuchdagi tayfun keladi. 2025 yilda ularning soni ko‘paygan va yil oxirigacha yana 3-5 ta tayfun kuzatilishi kutilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Filippinda sodir bo‘lgan “Kalmaegi” tayfuni oqibatida kamida 66 kishi halok bo‘lgani haqida xabar berilgan edi.

Mohichehra Qadamova


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

tayfun Filippin Ferdinand Markos Kalmaegi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing