Fransiyada Luvrdagi talonchilikdan bir necha soat o‘tib, yana bir muzey o‘g‘irlandi

Olam

image

Parijdagi Luvr muzeyidagi o‘g‘irlikdan bir necha soat o‘tib, Langr shahrida joylashgan “Deni Didro ma’rifat uyi” muzeyidan noyob eksponatlar o‘g‘irlab ketildi. Bu haqda shahar ma’muriyati bayonotiga tayanib, “France Info” radiostansiyasi xabar berdi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, hodisa 20 oktyabrga o‘tar kechasi sodir bo‘lgan. Muzey xodimlari 20 oktyabr kuni ertalab eksponatlarning yo‘qolganini va buzib kirish izlarini aniqlashgan. Hodisa joyiga politsiya yetib kelgan. Talonchilar XVIII–XIX asrlarga tegishli bir necha oltin va kumush tangalarni o‘g‘irlab ketishgan. Qolgan eksponatlarga tegilmagan. Muzey vaqtincha yopildi.

Politsiyaning taxmin qilishicha, talonchilar hodisani avvaldan rejalashtirgan bo‘lib, Luvrdagi talonchilik yangligidan kelib chiqqan shov-shuvdan foydalanishgan. Langr shahar hokimiyati muzey xavfsizlik tizimi to‘liq yangilanguniga qadar binoga kuzatuvchi xususiy qo‘riqchilarni jalb qildi.

Eslatib o‘tamiz, Luvrdagi o‘g‘rilik 19 oktyabr kuni ertalab sodir bo‘lgan edi. Ikki noma’lum shaxs muzeyga kirib, Napoleon va Jozefina kolleksiyasiga tegishli to‘qqizta zeb-ziynat javohirotni o‘g‘irlab ketgan. Yana ikki nafar sherigi ularni tashqarida kutib turgan. Parij prokuraturasi ma’lumoticha, jinoyat buyurtma asosida amalga oshirilgan bo‘lishi mumkin.
 


Maqola muallifi

Teglar

Parij Luvr Deni Didro ma'rifat uyi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing