G‘azoda ommaviy ocharchilik rejali va tizimli tarzda yaratilmoqda – UNRWA
Olam
−
26 iyul 2913 2 daqiqa
Isroil blokadasi va hujumlari ostida bo‘lgan G‘azo sektoridagi ommaviy ocharchilik “rejalashtirilgan va tizimli”. Bu haqda Birlashgan Millatlar Tashkilotining Falastinlik qochqinlarga yordam ko‘rsatish agentligi (UNRWA) ma’lum qildi.
“G‘azo sektorida ommaviy ocharchilik rejali va tizimli ravishda joriy etilmoqda. Bugun ko‘proq bolalar halok bo‘ldi, ularning tanasi ochlikdan ozib ketdi”, deyiladi bayonotda.
Bayonotda, Amerika Qo‘shma Shtatlari va Isroil tomonidan boshqariladigan “G‘azo Gumanitar Yordam Jamg‘armasi” deb atalmish yordam tarqatish mexanizmining insonparvarlik inqirozini hal qilish o‘rniga harbiy va siyosiy maqsadlarga xizmat qilgani ta’kidlandi. UNRWA ushbu mexanizmni gumanitar inqirozni hal qilishga qaratilgan emas, balki ko‘proq qurbonlarga olib keladigan shafqatsiz amaliyot deb atadi.
UNRWA Isroil ushbu mexanizm orqali G‘azo tashqarisidan va ichidan barcha insonparvarlik yordamlari oqimini to‘liq nazorat qilishini ta’kidladi. 27 maydan buyon G‘azoda “G‘azo gumanitar yordam jamg‘armasi” deb atalgan yordam tarqatish punktlariga uyushtirilgan tizimli hujumlar oqibatida 1083 nafar falastinlik halok bo‘ldi, 7275 nafari yaralandi.
Isroil hujumlari va gumanitar yordam oqimini cheklovchi qattiq blokada ostidagi G‘azo sektori keng tarqalgan ochlik, suv va gigiyena vositalari yetishmasligi bilan tavsiflangan gumanitar falokatni boshdan kechirmoqda. G‘azo sektorida ochlikdan o‘lganlar soni kundan-kunga ortib bormoqda, ayniqsa bolalar o‘rtasida. Mahalliy va xalqaro doiralar Isroil “ochlik va tashnalikdan qurol sifatida” foydalanayotganini aytadi.
Live
Barchasi