Germaniyada dron sabab reyslar qoldirildi

Olam

image

Germaniyaning Berlin-Brandenburg aeroporti yaqinida dron harakatlanganidan keyin reyslar vaqtincha to‘xtatildi. Bu haqda “Deutsche Welle” xabar berdi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, kecha, 31 oktyabr kuni kechqurun aeroport yaqinida dron paydo bo‘lgan. Politsiya ham dronni payqagan, biroq dron qaysi davlatga tegishli ekani aniqlanmagan. Shundan so‘ng, reyslar boshqa aeroportlarga yo‘naltirilgan va ba’zilari mahalliy vaqt bilan soat 20:08 va 21:58 oralig‘ida kechiktirilgan.  

Qayd etilishicha, Bazel, Oslo va Barselonaga parvozlar kechiktirilgan. London, Birmingem, Manchester, Xelsinki  va Antaliyadan kelayotgan  samolyotlar boshqa aeroportlarga yo‘naltirilgan.

“Keyinroq politsiya xodimlari dronni payqagan. Biroq uni topa olmagan. Aeroport yaqiniga politsiya vertolyoti joylashtirilgan. Qidiruv operatsiyasiga Germaniya Federal Aviatsiya idorasi ham qo‘shilgan”, deya qo‘shimcha qilinadi xabarda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Germaniyaning Myunxen aeroportida havo hududi yaqinida bir necha dron ko‘rinishi sababli parvozlar boshlanishi kechiktirilgan edi.

Bunyod Keldiboyev


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Germaniya dron Berlin-Brandenburg

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing