Ukraina sun’iy intellektli dronlardan foydalana boshladi

Olam

image

Ukraina Qurolli kuchlari birinchi bor sun’iy intellekt bilan jihozlangan kamikadze zarba dronlarini Rossiya tanklariga qarshi qo‘lladi. Bu haqda “Bild” nashri xabar berdi.

Qayd etilishicha, dron interfeysi avtomatik ravishda potensial nishonlarni yashil rangda ajratib ko‘rsatadi, zarba uchun tavsiya etilgan maqsadlarni binafsha rangda belgilaydi, operator yakuniy tasdiq berganidan so‘ng esa nishon qizil rangda ko‘rinadi.

Tizim bir vaqtning o‘zida bir nechta maqsadlarni aniqlay olishi, ularni alohida kuzatib borishi va operatorga tartib bilan nishon haqida taklif qilishi mumkin. Biroq boshqaruv inson omili asosida amalga oshiriladi. Operator qaysi nishonni olishni o‘zi belgilaydi. 

Yevropa Barqarorlik Tashabbusi Markazi direktori Sergey Sumleniyga ko‘ra, front chizig‘i tartibsiz bo‘lgani uchun hozircha dronlar to‘liq avtonom zarba parvozlarini amalga oshirmaydi. Aks holda, o‘z qo‘shinlariga zarba berish ehtimoli mavjud. 

Dronlardan foydalanish bo‘yicha ukrainalik insayder ushbu ma’lumotning haqiqiyligini tasdiqlab, bu “haqiqiy sun’iy intellekt, agar uni shunday atash mumkin bo‘lsa” deb izoh bergan.

Eslatib o‘tamiz, oldinroq Rossiyada 120 kilometrgacha nishonni topib, hujum qiladigan dron namoyish etilgani haqida xabar berilgandi. Dron “havo mina maydoni” sifatida ishlashga va havoda taxminan 80 daqiqa navbatchilik qilishga qodir. Uning yuk ko‘tarish massaci 13,5 kilogramm, parvoz va hujum tezligi soatiga 108–300 kilometrni tashkil etadi.


Maqola muallifi

Teglar

Ukraina dron sun'iy intellekt kamikadze

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing