Gonkongdagi fojia qurbonlari orasida o‘zbekistonliklar bormi?
Jamiyat
−
28 noyabr 5571 1 daqiqa
O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi Gonkongdagi turarjoy majmuasida sodir bo‘lgan yong‘in yuzasidan hamdardlik bildirdi, shuningdek, hodisa oqibatida o‘zbekistonliklar jabrlanmagani haqida xabar berdi. Bu haqda Tashqi ishlar vazirligi matbuot kotibi Ahror Burxonov ma’lum qildi.
“Gonkongdagi turarjoy majmuasida yuz bergan fojiali yong‘in oqibatida halok bo‘lganlar haqida xabarni chuqur qayg‘u bilan qabul qildik. Marhumlarning oila a’zolari va yaqinlariga hamdardlik va chuqur ta’ziyamizni bildiramiz. Jarohat olganlarga esa tez fursatlarda shifo tilaymiz”, deyiladi xabarda.
Bildirilishicha, O‘zbekistonning Xitoydagi diplomatik vakolatxonasi va konsullik muassasalari voqea yuzasidan mahalliy hokimiyat vakillari bilan darhol aloqa o‘rnatgan. Hozirgi vaqtga qadar halok bo‘lganlar va jabrlanganlar orasida O‘zbekiston fuqarolari yo‘q. Mazkur masala doimiy ravishda TIV nazoratida. Zarurat yuzaga kelganda yordamga muhtoj fuqarolar murojaat qilishlari mumkin.
O‘zbekistonning Xitoydagi elchixonasi:
- Telefon: +86 185 1441 7274;
- Telefon: +86 (10) 65326305;
- Faks: +86 (10) 6532 6304;
- E-mail: ch.uzembassy@mfa.uz.
O‘zbekistonning Shanxaydagi Bosh konsulligi:
- Telefon: +86 132 4800 8171.
O‘zbekistonning Guanchjoudagi Bosh konsulligi:
- Telefon: +86 132 4970 0996.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Gonkongdagi Wang Fuk Court turarjoy majmuasida yirik yong‘in sodir bo‘lgani va halok bo‘lganlar soni qariyb 100 nafarga yetgani haqida xabar berilgan edi.
Live
Barchasi