Ukraina dronlari “Grozniy-Siti”ni vayron qildi (video)

Olam

image

Kecha, 5 dekabr kuni Ukraina dronlari Chechenistonning Grozniy shahridagi biznes-markazga zarba berdi. Chechen ommaviy axborot vositalari hujum oqibatlarining dahshatli kadrlari bilan bo‘lishdi. “Grozniy-Siti” majmuasidagi 145 metrlik osmono‘par bino o‘zining avvalgi jilo va ko‘rkini to‘liq yo‘qotgan. Bu haqda “Istories media” xabar berdi.

Majmua Checheniston rahbari Ramzan Qodirovning rasmiy rezidensiyasidan atigi bir kilometr masofada joylashgan. Zarba binoning o‘rta qismiga berilgan – bu yerda vazirliklar, mintaqaviy idoralar, Saylov komissiyasi, Ombudsman idorasi va neft sohasi bilan bog‘liq tashkilotlar joylashgan.

Shuningdek, “Krepost Groznaya” hududi ham zarbaga uchragan. Aynan qaysi ob’ektlar zarar ko‘rgani hozircha noma’lum. Jabrlanganlar va qurbonlar haqida ma’lumot yo‘q. Grozniy aeroporti uzoq muddatga yopib qo‘ygan. 

Shu jumladan, ushbu binodan bir necha o‘n metr masofada Federal xavfsizlik xizmatining hududiy boshqarmasi ofisi bor. Ukrainadagi monitoring kanallar aynan shu boshqarma dron nishoni bo‘lgani, ammo u radioelektron kurash vositalari ta’sirida nishondan og‘ib ketganini taxmin qilgan.

Ma’lumot uchun, “Grozniy-Siti” kompleksi 2011 yilda ochilgan. Hozirda u jami yettita osmono‘par binodan iborat. Oktyabr oyida kompleks 500 rubllik yangi banknot uchun ramz tanlash masalasida yuzaga kelgan mojaro markazida qolgandi. “Grozniy-Siti” Elbrus cho‘qqisi bilan birgalikda ovoz berish jarayonida yetakchilik qilgan, Checheniston rasmiylari kupyurada osmono‘par binolar kompleksi tasviri tushirilishi uchun qattiq uringandi. Yakunda Rossiya Markaziy banki katta miqdordagi soxtagarchiliklarni sabab qilib, ovoz berish jarayonini bekor qilgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Checheniston Grozniy-Siti Krepost Groznaya

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing