GTA O‘zbekistonda. Buxoroda telefon o‘g‘risiga “to‘sib ushlash” tadbiri qo‘llandi (video)
3-sahifa
−
15 Sentabr 12872 2 daqiqa
Joriy yilning 14 sentyabr kuni Buxoro viloyatida Nexia-3 mashinasida qochishga uringan iPhone o‘g‘risi “to‘sib ushlash” rejasi orqali to‘xtatildi. Bu haqda viloyat Ichki ishlar boshqarmasi xabar berdi.
Qayd etilishicha, Buxoro tumanida yashovchi fuqaro X.S. viloyat IIBning 102 qisqa raqamiga qo‘ng‘iroq qilgan. Ma’lum bo‘lishicha, u o‘ziga tegishli iPhone rusumli telefonini sotish uchun internet tarmog‘iga joylashtirgan. E’lon bo‘yicha X.S.ga notanish fuqaro telefonni sotib olishini bildirib, u bilan telefon orqali gaplashgan va oq rangli Nexia-3 rusumli, davlat raqam belgisisiz, oynalari qoraytirilgan avtomashinada kelgan. Keyin esa telefonning pulini mashinadan olib berishini aytib, unga o‘tirgan va telefonni olib, qochib qolgan.
Mazkur holat yuzasidan soat 02:30 da davlat raqam belgisiz bo‘lgan Nexia-3 rusumli transport vositasini “to‘sib ushlash” rejasi harakatga keltirilgan.
Olib borilgan tezkor qidiruv-surishtiruv ishlari natijasida Nexia-3 rusumli avtomashina Buxoro shahar Islom Karimov ko‘chasida harakatlanib yurgani aniqlangan. Soat 04:41 larda mazkur transport vositasini boshqargan, 2003 yilda Buxoro tumanida tug‘ilgan, Buxoro shahar Foshun mahallasida yashovchi M.A. IIO xodimlarining qonuniy to‘xtash ishoralariga bo‘ysunmasdan, bir nechta transport vositalariga texnik shikast yetkazgan.
Mazkur holatni sodir etgan haydovchi va transport vositasi ushlanib, Buxoro viloyati prokuraturasi tomonidan Jinoyat kodeksining 219-moddasi (hokimiyat vakiliga yoki fuqaroviy burchini bajarayotgan shaxsga qarshilik ko‘rsatish) 2-qismi hamda Buxoro viloyati IIB tergov bo‘limi tomonidan 166-moddasining (talonchilik) 3-qismlari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, Jinoyat-protsessual kodeksining 221-moddasi tartibida M.A. qamoqqa olingan. Ushbu holat yuzasidan hozirda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Qashaqadaryo viloyatining G‘uzor tumanida Cobalt haydovchisi va yo‘l-patrul xizmati xodimlari o‘rtasida janjal yuzaga kelib, erkak YPX xodimiga kalla qo‘ygan edi. Janjaldan so‘ng mazkur shaxsning mashinasi jarima maydonchasiga qo‘yilgan.
Live
Barchasi