IIB xodimi mashinada urib yuborgan erkakning jasadi 80 kunda topildi

3-sahifa

image

Toshkent viloyati Bekobod tuman Ichki ishlar bo‘limi Jinoyat qidiruvi bo‘limi tezkor xodimi avtomashinada urib yuborgan 43 yoshli erkakning jasadi 80 kundan keyin topildi. Bu haqda marhumning yaqinlari ma’lum qildi.

Voqea 2025 yilning 11 dekabr kuni Bekobod tumani “Qoraquyli” mahalla hududidan o‘tgan “Qorasuv-Bo‘ka-Bekobod” avtomobil yo‘lining 64-kilometrida sodir bo‘lgan.

Bekobod shahar IIBning katta tezkor vakili mast holatda oq rangli Nexia-3 rusumli avtomashinada 43 yoshli piyodani urib yuborib, yo‘l-transport hodisasi sodir etgan. Ushbu avtohalokat oqibatida erkak vafot etgan.

So‘ng IIB xodimi jinoyat izini yashirishga urinib, xotiniga qo‘ng‘iroq qilgan va Matiz’da u aytgan joyga yetib kelishini tayinlagan. So‘ng jasadni o‘zining Nexia’sidan Matiz’ga olib o‘tgan. Uni voqea joyidan, taxminan, 35-40 km uzoqlikdagi “Do‘stlik” kanaliga oqizib yuborgan.

2025 yilning 12 dekabr kunidan boshlab erkakning jasadi maxsus bo‘lim xodimlari tomonidan qidirilgan. Qariyb 80 kun o‘tib uning jasadi suvga tashlangan joydan 4-5 km uzoqlikdan topilgan. Yaqinlari jasadni tasdiqlagan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Xorazm viloyatida mast holda odam yuborib, uning o‘limiga sababchi bo‘lgan Ichki ishlar boshqarmasi inspektori 3 yil-u 1 oyga ozodlikdan mahrum etilgan edi.


Maqola muallifi

Teglar

Toshkent qotillik Bekobod

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing