Iqtisod bo‘yicha Nobel mukofotini uch olim qo‘lga kiritdi (video)
Olam
−
13 Oktabr 3393 2 daqiqa
Iqtisod fanlari bo‘yicha Nobel xotira mukofoti bugun, 13 oktyabr kuni Yoel Mokir (Northwestern University), Filip Agiyon (INSEAD va London School of Economics) hamda Piter Xovitt (Brown University) ga innovatsiya asosidagi iqtisodiy o‘sish haqidagi ishlari uchun berildi.
Mukofot qo‘mitasi ta’kidlashicha, Yoel Mokir mukofotning yarmiga “texnologik taraqqiyot orqali barqaror iqtisodiy o‘sish uchun zarur bo‘lgan shart-sharoitlarni aniqlab bergani uchun” sazovor bo‘lgan.
Filip Agiyon va Piter Xovitt esa mukofotning ikkinchi yarmini “ijodiy vayron qilish orqali barqaror o‘sish nazariyasi”ni ishlab chiqqanliklari uchun bo‘lishib olgan.
O‘tgan yili Daron Asemoglu, Saymon Jonson va Jeyms Robinson institutlar qanday shakllanishi va ular mamlakat farovonligiga qanday hissa qo‘shishi haqidagi ishlari uchun mukofotga sazovor bo‘lishgan edi.
Bu yil yana kimlar Nobel mukofotiga sazovor bo‘ldi?
Fiziologiya yoki tibbiyot: Meri Ye. Brunkou, Fred Ramsdell va Shimon Sakaguti – immun tizimi haqidagi kashfiyotlari uchun.
Fizika: Jon Klark, Mishel Devore va Jon Martinis – kvant mexanikasi va elektr zanjirlari bo‘yicha ishlari uchun.
Kimyo: Susumu Kitagava, Richard Robson va Omar M. Yag‘i – masalan, karbon gazini ushlab qolish imkonini beradigan metall-organik tuzilmalarni yaratishdagi ishlanmalari uchun.
Adabiyot: Laslo Krasnaxorkay – “apokaliptik qo‘rquv orasida ham san’at kuchini tasdiqlaydigan hayratlanarli va vijdonli ijodi” uchun.
Tinchlik bo‘yicha Nobel mukofoti: Mariya Korina Machado (Venesuela muxolifat yetakchisi) – “demokratik huquqlarni targ‘ib qilishdagi tinmay olib borgan mehnati” uchun.
Live
Barchasi