Ilhom Aliyev Toshkentga keldi
Jamiyat
−
15 noyabr 3352 1 daqiqa
Bugun, 15 noyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning taklifiga binoan Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining yettinchi Maslahat uchrashuvida faxriy mehmon sifatida ishtirok etish uchun Ozarbayjon Prezidenti Ilhom Aliyev amaliy tashrif bilan Toshkentga keldi. Bu haqda O‘zA xabar berdi.
Qayd etilishicha, “Toshkent–Humo” xalqaro aeroportida oliy martabali mehmonni O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri Abdulla Aripov va boshqa rasmiylar kutib olgan.
Ma’lumot uchun, joriy yilning 15-16 noyabr kunlari Toshkent shahrida Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining yettinchi Maslahat uchrashuvi bo‘lib o‘tadi.
Sammit kun tartibidan Markaziy Osiyoda mintaqaviy hamkorlikni yanada mustahkamlash, shuningdek, ustuvor yo‘nalishlarda qo‘shma loyihalar va tashabbuslarni amalga oshirish masalalari o‘rin olgan. Mintaqaviy va xalqaro siyosatning dolzarb masalalari yuzasidan ham fikr almashiladi.
Live
Barchasi