Imomali Rahmon ham Toshkentga yetib keldi

Jamiyat

image

Bugun, 15 noyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning taklifiga binoan Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining yettinchi Maslahat uchrashuvida qatnashish uchun Tojikiston Respublikasi Prezidenti Imomali Rahmon ham amaliy tashrif bilan Toshkentga keldi. Bu haqda O‘zA xabar berdi.

Qayd etilishicha, “Toshkent-Humo” xalqaro aeroportida oliy martabali mehmonni O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri Abdulla Aripov va boshqa rasmiylar kutib olgan.

Ma’lumot uchun, joriy yilning 15-16 noyabr kunlari Toshkent shahrida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining yettinchi Maslahat uchrashuvi bo‘lib o‘tadi. Maslahat uchrashuvi yakunlariga ko‘ra ko‘p tomonlama hujjatlarning salmoqli to‘plami qabul qilinishi kutilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Shavkat Mirziyoyevning taklifiga binoan Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining yettinchi Maslahat uchrashuvida faxriy mehmon sifatida ishtirok etish uchun Ilhom Aliyev amaliy tashrif bilan Toshkentga kelgani va Shavkat Mirziyoyev bilan uchrashgani haqida xabar berilgan edi.

Shuningdek, Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining yettinchi Maslahat uchrashuvida ishtirok etish uchun Qirg‘iz Respublikasi Prezidenti Sadir Japarov ham Toshkentga kelgan va Shavkat Mirziyoyev bilan uchrashuv o‘tkazgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Shavkat Mirziyoev Imomali Rahmon Maslahat uchrashuvi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing